



🌏“Vatanimni madh etaman” – adabiy kecha
🌏“Vatanimni madh etaman” – adabiy kecha
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonun ijrosini Jondor tumanida ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova tashabbusi bilan tumandagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatanimni madh etaman” shiori ostida adabiy kecha tashkil etildi.
🔺Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizga yanada yaqinlashtirishdan iborat bo‘ldi.
🔺Adabiy kechada o‘quvchilar tomonidan Vatan madhiga bag‘ishlangan she’rlar, badiiy chiqishlar va adabiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali ona yurtga sadoqat, tinchlik va mustaqillikning qadriga yetish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini tarannum etdilar.
🔺Deputat O. Muzaffarova yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.
🔺Mazkur adabiy kecha o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish mas’uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt