Barcha yangiliklar
YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
17:26

YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI VA FUQAROLAR XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-son Farmoni ijrosining 2026-yil III chorak yakunlari yuzasidan tuman hokimi — fuqaro muhofazasi boshlig‘i J. Pardayevning hisoboti ko‘rib chiqildi.

🔥 Muhokama davomida tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📊 Hisobotga ko‘ra, 2026-yilning o‘tgan davrida tumanda favqulodda vaziyatlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, to‘qqiz oy davomida 40 ta yong‘in sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari, korxona va tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

✏️ Doimiy komissiya muhokamasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalarini monitoring qilish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, suvda cho‘kish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅ Muhokama yakunida hisobot qoniqarli deb topilib, tegishli materiallarni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

🙏 Doimiy komissiya raisi Feruz Turayev masala yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi xavfsizligini mustahkamlash va profilaktik ishlar samaradorligini oshirish muhimligini qayd etdi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️