







🔰Ushot mahallasida obodonlashtirish va mavsumiy profilaktika tadbirlari o‘tkazildi
🔰Ushot mahallasida obodonlashtirish va mavsumiy profilaktika tadbirlari o‘tkazildi
➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev tashabbusi bilan Ushot mahallasida mahalla yettiligi hamda korxona va tashkilotlar hamkorligida umumxalq hashari tashkil etildi.
➡️Hashar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ezgu tashabbus mahallada tozalik va ozodalikni mustahkamlash, aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qildi.
➡️Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot va xavfsiz o‘tkazish maqsadida profilaktik tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, mavsumiy xavf-xatarlarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga e’tibor qaratildi.
➡️Bunday hamkorlikdagi tadbirlar mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi farovonligini oshirish va xavfsiz muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️Deputat I. Ro‘ziyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu ishlar mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni hamjihatlikda hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt