Barcha yangiliklar
6-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 278728
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
17:25

6-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 6-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLAR XAVFSIZLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 6-bandi ijrosini ta’minlash doirasida mahallalarda xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganilmoqda.

📍 Shu maqsadda tuman Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan Mehnat mahallasi fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.

🙏 Shuningdek, xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash, ularning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda mas’ullarning hamkorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤩 Maqsad — xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini oshirish, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahallalarda xavfsiz ijtimoiy muhitni mustahkamlash.