

VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI IJROSI O‘RGANILDI
VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI IJROSI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi Z. Mardonov ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun sog‘lom va sifatli ovqatlanishni tashkil etish, taomnomalarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🤩 O‘rganishdan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning yoshiga mos va sifatli ovqatlanishini ta’minlash hamda belgilangan talablar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.