Barcha yangiliklar
1-BAND IJROSI: QORAQUPPA MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 278716
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
17:22

1-BAND IJROSI: QORAQUPPA MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

1-BAND IJROSI: QORAQUPPA MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrullo Turdiyev tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraquppa mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi M. Xoliqulovning ish faoliyati bilan tanishildi. Jumladan, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🎯 Maqsad — mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, ularning muammolariga yechim topish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish.