Barcha yangiliklar
TALABALARNING IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMI O‘RGANILDI
Gallery image 278706
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
17:20

TALABALARNING IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMI O‘RGANILDI

 TALABALARNING IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan tuman tibbiyot texnikumida ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar uchun ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qarori ijrosi doirasida talabalarga ijara to‘lovlarini qoplab berish tartibi, belgilangan talablarning bajarilishi hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, talabalarning ijara bilan bog‘liq murojaatlari, mavjud muammolar va ularni hal etish imkoniyatlarini aniqlashga alohida ahamiyat berildi.

🎯 Maqsad — talabalarning turar joy bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish, ularga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’minlash hamda tegishli qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish.