

DEPUTAT KENGAŞ MAJLISLARIDA IŞTIROK ETIŞI ŞARTMI?
DEPUTAT KENGAŞ MAJLISLARIDA IŞTIROK ETIŞI ŞARTMI?
📌 Deputatning asosiy vazifalaridan biri — xalq deputatlari Kengaşi majlislarida faol iştirok etiş va öz vakolatlarini mas’uliyat bilan bajarişdir.
⚖️ Qonunçilikka köra, deputat:
✅ Xalq deputatlari Kengaşi majlislarida qatnaşişi;
✅ Özi a’zo bölgan doimiy yoki muvaqqat komissiya majlislarida iştirok etişi;
✅ Ovoz berişda Kengaş Reglamentida belgilangan tartibda şaxsan iştirok etişi şart.
📌 Agar deputat Kengaş yoki komissiya majlisida iştirok eta olmasa, bu haqda tegişli Kengaş yoki komissiya rahbarini oldindan xabardor qilişi lozim.
🤝 Deputatning majlislardagi faol iştiroki muhim masalalarni muhokama qiliş, asosli qarorlar qabul qiliş va aholi manfaatlarini himoya etişda muhim ahamiyatga ega.
⚖️ Huquqiy asos: Özbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonuni, 6-modda.