Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 278683
Gallery image 278684
Gallery image 278685
Gallery image 278686
Gallery image 278687
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Okt 2026
17:15

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala
#11_band

❄️ SOVUQ KUNLARDA HAM AHOLIGA MUNOSIB SHAROIT YARATISH — MUHIM VAZIFA!

🏥 Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

🔎 Dastlab, tumandagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, binoning mavsumga tayyorligi hamda sovuq kunlarda muassasaning uzluksiz va xavfsiz faoliyat yuritishi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Farovon mahallasida joylashgan 39-sonli oilaviy poliklinikaning ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Tibbiyot muassasasida aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganishlar yakunida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va barcha uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

✅ Maqsad — qishning sovuq kunlarida ham bolajonlar ta’lim-tarbiyasi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni uzluksizligini ta’minlash hamda har bir muassasada iliq va shinam muhit yaratish!