


BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida deputat S.Djumanova o‘ziga biriktirilgan “Juma” Agrobank filiali bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
🙏 Hamkorlik davomida bank faoliyatiga oid masalalarni o‘rganish, xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan hamkorlik olib boriladi.
✅ Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — biriktirilgan tashkilot faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishdan iborat.