



Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
📌 Oliy Majlis deputatining Sherobod tuman Kengashiga tashrifi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubxodjayev Umid Anvarxodjayevich tashrif buyurdi.
🤝 Tashrif davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov bilan uchrashuv o‘tkazilib, tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosi, hududiy rivojlantirish dasturlari hamda ularning samaradorligi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
📝 Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube