



Kengash_faoliyati
#ÖzXDP_35_yil
#Munosib_taqdir
#Deputatlar_faoliyati
Xalq manfaatlari yo‘lidagi faoliyat e’tirof etildi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashida partiya tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shahar partiya Kengashlari raislari, partiya faxriylari hamda faollar ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda partiyaning 35 yillik faoliyati, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, aholini ijtimoiy himoya qilish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.
Quvonarlisi, partiya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar qatorida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashiga 15-Gulbog' saylov okrugidan saylangan deputat , O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bandixon tumani Kengashi raisi Xalmatov Isoqul Amandavlatovich O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Xalq deputatlari Bandixon tumanii Kengashi deputatlari hamda Kengash Kotibiyati jamoasi taqdirlangan deputatni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi.
Ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va xalqimiz manfaatlari yo‘lida olib borayotgan ishlarida yangi zafarlar tilaymiz!