Barcha yangiliklar
🏢 Ko‘p qavatli uylar hududining obodonlashtirilishi va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
Gallery image 278620
Gallery image 278621
Gallery image 278622
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:48

🏢 Ko‘p qavatli uylar hududining obodonlashtirilishi va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

🏢 Ko‘p qavatli uylar hududining obodonlashtirilishi va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati E.Peysenov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov va kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan tumandagi ko‘p qavatli uylar hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida uylarning kirish yo‘laklari, yerto‘lalari, piyodalar yo‘laklari va umumiy foydalanish joylarining holati, hududlarning tozaligi, obodonlashtirilishi hamda tungi yoritish tizimlarining sozligi ko‘zdan kechirildi.

💡 Boshqaruv kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Aholi uchun qulay, ozoda va xavfsiz yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!