Barcha yangiliklar
Gaz taqsimlash GRP qurilmasining faoliyati o‘rganildi
Gallery image 278615
Gallery image 278616
Gallery image 278617
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:46

Gaz taqsimlash GRP qurilmasining faoliyati o‘rganildi

Gaz taqsimlash GRP qurilmasining faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda bosh mutaxassis Sh.Eshovlar tomonidan “Uyg‘ur” MFY hududida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🖇 O‘rganish davomida hududdagi gaz taqsimlash GRP (gaz rostlash punkti) qurilmasi faoliyati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Qurilmaning texnik holati, gaz bosimini me’yorida ushlab turish imkoniyati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

🔹 Mazkur GRP orqali aholi xonadonlari va boshqa iste’molchilarning tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati, gaz quvurlarining texnik sozligi, mavjud muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar o‘rganildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!