Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning texnik holati o‘rganildi
Gallery image 278610
Gallery image 278611
Gallery image 278612
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:45

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning texnik holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning texnik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda bosh mutaxassis Sh.Eshovlar tomonidan hududdagi ko‘p qavatli turar joylarda liftlarning ishlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida liftlarning texnik sozligi, uzluksiz ishlashi, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Lift kabinalarining sanitariya holati, yoritish tizimining ishlashi, nosozliklar yuzaga kelganda dispetcherlik xizmatining faoliyati, liftlarning o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va mas’ul tashkilotlarning vazifalari yuzasidan e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!