Barcha yangiliklar







ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:44
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda bosh mutaxassis Sh.Eshovlar tomonidan tuman kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxona faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi. Shuningdek, kutubxona faollari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Uchrashuv davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati!