Barcha yangiliklar
“YANGIOBOD ZAMIN MED 777” MCHJ KLINIK DIAGNOSTIKA LABORATORIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 278603
Gallery image 278604
Gallery image 278605
Gallery image 278606
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
16:42

“YANGIOBOD ZAMIN MED 777” MCHJ KLINIK DIAGNOSTIKA LABORATORIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 Aholi salomatligini muhofaza qilishda zamonaviy diagnostika xizmatlari, laboratoriya tekshiruvlarining sifati va fuqarolar uchun yaratilgan qulay sharoitlar muhim o‘rin tutadi. Kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, tibbiy tekshiruvlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish sog‘liqni saqlash sohasining dolzarb vazifalaridandir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Yangiobod tumanidagi “Zamin Med 777” MCHJ klinik-diagnostika laboratoriyasi faoliyati bilan tanishib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida laboratoriyaning faoliyatini tashkil etish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish imkoniyatlari hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish sharoitlariga e’tibor qaratildi.

Klinik-diagnostika laboratoriyalari kasalliklarni aniqlash, shifokorlar uchun zarur tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish va bemorlarning salomatligi bilan bog‘liq holatlarni baholashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois laboratoriyada xizmat ko‘rsatish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi, zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish va tekshiruv natijalarining ishonchliligini ta’minlash muhim hisoblanadi.

Tibbiyot xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va aholiga qulay sharoit yaratishda davlat hamda nodavlat tibbiyot muassasalarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Bunday muassasalar faoliyatini o‘rganish orqali xizmat ko‘rsatish sharoitlariga e’tibor qaratish, mavjud masalalarni aniqlash va sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ilgari surish mumkin.

Maqsad — Yangiobod tumanida tibbiy-diagnostika xizmatlarini rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish.

Deputatlik o‘rganishlari hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyatiga e’tibor qaratish hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalarni joyida o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.