Barcha yangiliklar





ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:43
📍 «Qunduzak» MFYda fuqarolar murojaatlari tinglandi
📍 «Qunduzak» MFYda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 15-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati Sh.Radjapov tomonidan Qunduzak MFYda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi 6 dona eskirgan yog‘och elektr ustunlarini yangisiga almashtirish masalasi ko‘tarildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaatning ijobiy hal etilishi hamda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash masalasi nazoratga olindi.
✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati axborot xizmati!