Barcha yangiliklar
📌 TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 278595
Gallery image 278596
Gallery image 278597
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
29 Okt 2026
16:41

📌 TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

📌 TIBBIY XIZMAT SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi S.Abushamayev hamkorligida tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishish orqali mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

🎯 Asosiy maqsad — aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda tibbiyot sohasidagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!