
🌳 BOG‘LARNING BUGUNGI HOLATI O‘RGANILDI
🌳 BOG‘LARNING BUGUNGI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova, tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Arzikulova hamda tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Tojiboyeva ishtirokida tumandagi bog‘larning holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida bog‘larning obodonlashtirilishi, hududlarning tozaligi, yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash ishlari hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratildi.
🌱 Asosiy maqsad — yashil hududlarni asrab-avaylash, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini saqlash va tuman obodonchiligini yanada yaxshilashdan iborat.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!