



MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
🔺 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Taraqqiyot” MFY IJtimoiy hodimning faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.
🔺 O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda alohida e’tibor va ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔺 Jumladan, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning muammolarini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, mavjud holatni baholash hamda ularga zarur ijtimoiy xizmat va yordamlarni belgilangan tartibda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
♻️ Ijtimoiy xodimning mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, moddiy va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolarga tegishli xizmatlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📌 O‘rganish davomida hududdagi ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli o‘rganish, murojaatlarni tizimli nazoratga olish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!