Barcha yangiliklar
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDA DEPUTAT TOMONIDAN KÖTARILGAN MUAMMOLAR ÖZ YEÇIMINI TOPMOQDA
Gallery image 278583
Gallery image 278584
Gallery image 278585
Gallery image 278586
Gallery image 278587
Gallery image 278588
Gallery image 278589
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
29 Okt 2026
16:26

“TEPAGUZAR” MAHALLASIDA DEPUTAT TOMONIDAN KÖTARILGAN MUAMMOLAR ÖZ YEÇIMINI TOPMOQDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️ “TEPAGUZAR” MAHALLASIDA DEPUTAT TOMONIDAN KÖTARILGAN MUAMMOLAR ÖZ YEÇIMINI TOPMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Frangiza Akramova tomonidan avvalroq “Tepaguzar” mahallasida aniqlangan infratuzilma, elektr ta’minoti, köça yoritilişi, yöl holati hamda aholi xavfsizligi bilan boğliq muammolar yuzasidan amalga oşirilgan işlar joyiga çiqib qayta örganildi.

💡 Örganişlar davomida deputat tomonidan kötarilgan qator masalalar özining amaliy yeçimini topayotgani ma’lum böldi. Xususan, mahallaga kiraverişdagi asosiy yölda, 39-sonli va 2D-sonli uylar oraliğida avval aniqlangan ağdarilgan elektr ustunlari bilan boğliq muammo bartaraf etilib, ustunlar tartibga keltirildi. Şuningdek, hududda elektr ustunlarini örnatiş va köça infratuzilmasini yaxşilaş işlari olib borilmoqda.

🌳 Mahalladagi xavf tuğdirayotgan daraxtlar bilan boğliq masalalar ham ijobiy hal etildi. Jumladan, 16- va 17-sonli uylar atrofida, 234-sonli maktabga olib boruvçi yöl böyida hamda boşqa hududlarda aniqlangan qurigan va harakatlanişga xalaqit berayotgan daraxtlar tegişli obodonlaştiriş xizmati tomonidan kesilib, xavfli holatlar bartaraf etildi.

🌿 Şuningdek, köp qavatli uylar atrofidagi daraxtlar bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş orqali fuqarolar, ayniqsa, maktab öquvçilarining xavfsiz harakatlanişi uçun qulay şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Şu bilan birga, mahallada kötarilgan masalalardan biri — içki yölning ta’mirtalab qismini yamoqlaş işlari hozirça öz yeçimini kutmoqda. Xususan, 16- va 10-sonli uylar çorrahasidagi yöl qoplamasini ta’mirlaş zarurati saqlanib qolmoqda.

📁 Deputat Frangiza Akramova tomonidan mazkur hududda olib borilgan navbatdagi örganiş davomida avval aniqlangan muammolar yuzasidan bajarilgan işlar holati közdan keçirilib, amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

🤝 Ta’kidlaş joizki, deputat tomonidan aholi murojaatlari asosida kötarilgan masalalarning bosqiçma-bosqiç hal etilişi mahallada xavfsiz va qulay yaşaş muhitini yaratişga xizmat qilmoqda.

♻️ Hozirda elektr ustunlari bilan boğliq muammolar bartaraf etilgan, qurigan daraxtlar kesilgan hamda yangi ustunlarni örnatiş işlari davom etmoqda. Yeçimini kutayotgan yölni yamoqlaş masalasi esa deputatlik nazoratida qolmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash