Barcha yangiliklar
📌 IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA 9 OYDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR KÖRIB ÇIQILDI
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
29 Okt 2026
16:20

📌 IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA 9 OYDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR KÖRIB ÇIQILDI

📌 IJTIMOIY HIMOYA SOHASIDA 9 OYDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR KÖRIB ÇIQILDIXalq deputatlari Xorazm viloyati Kengaşining 2026-yil 23-oktabrdagi VII-27-116-12-0-K/26-son qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boşqarmasi boşliği B. Matnazarovning 2026-yilning 9 oyida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisoboti maʼlumot uçun qabul qilindi.
📊 Asosiy körsatkiçlar:
🔹 114 067 nafar ijtimoiy xizmatlarga muhtoj fuqaro aniqlangan.
🔹 20 327 nafar şaxsga “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan 19,9 mlrd sömlik yordam körsatilgan.
🔹 3 082 nafar ayolga tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça himoya orderlari rasmiylaştirilgan.
🔹 Inklyuziv taʼlim doirasida 139 ta maktabda tösiqsiz muhit yaratilgan, 140 ta maktabda korreksion xonalar taşkil etilgan.
✅ Qarorda ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida yaxşilaş, nogironligi bölgan şaxslarni taʼlim va sportga jalb etiş, aholi bandligini taʼminlaş, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş hamda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bolalarni himoya qiliş böyiça vazifalar belgilandi.
🤝 Ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, ehtiyojmand fuqarolarni qöllab-quvvatlaş va aholi farovonligini oşiriş — muhim vazifa!