Barcha yangiliklar







SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
16:22
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_örganish
#Madad_NTT
🤝 HAMKORLIK — AHOLI HUQUQIY MANFAATLARINI TA’MINLASH YO‘LIDA
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S.Abdulaxatova tomonidan Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Berdiyev hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S.Ochilov bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
📌 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati doirasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish hamda huquqiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
📝 Ta’kidlanganidek, davlat organlari, deputatlar va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, aholining huquqiy bilimlarini yuksaltirish hamda joylarda mavjud muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishida izchil ish olib borishga kelishib olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube