Barcha yangiliklar
MAHALLIY KENGASHLARDA DEPUTATLIK NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 278573
Gallery image 278564
Gallery image 278565
Gallery image 278566
Gallery image 278567
Gallery image 278568
Gallery image 278569
Gallery image 278570
Gallery image 278571
Gallery image 278572
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Okt 2026
16:17

MAHALLIY KENGASHLARDA DEPUTATLIK NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputatlari ham Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda ishtirok etdilar.

Seminar davomida deputat so‘rovi institutidan samarali foydalanish, aholi murojaatlarini hal etishda mahalliy Kengashlar rolini oshirish hamda mas’ul rahbarlarning hisobdorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat so‘rovlarining mazmuni va sifatini oshirish, ularga o‘z vaqtida javob berilishini ta’minlash hamda so‘rovlar natijalarini Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqish amaliyoti tahlil etildi. Deputatlik so‘rovlari faqat kundalik maishiy masalalarni hal etish bilan cheklanib qolmasdan, hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatishga xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari axborotlari, hokimlar va hududiy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish jarayonida deputatlik nazoratini kuchaytirish, muammolarni doimiy komissiyalarda chuqur o‘rganish va sessiyalar muhokamasiga olib chiqish, har bir vazifa bo‘yicha mas’ullar hamda aniq muddatlarni belgilash muhimligi qayd etildi.

Seminar yakunida mahalliy Kengashlar va ularning kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda aholi murojaatlarini hal etishda amaliy natijadorlikka erishish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning nazorat vakolatlaridan samarali foydalanishi va hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni hal etishda natijadorlikni oshirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz