


ISHSIZ YOSHLAR BANDLIGI: MUAMMOLAR O‘RGANILDI, AMALIY YECHIMLARGA E’TIBOR QARATILDI
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari M. Husanboyev va S. Sultonmurodov tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlikka jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida bandligi ta’minlanmagan yoshlarning muammolarini manzilli ko‘rib chiqish, ularni mavjud ish o‘rinlari va kasbga o‘qitish imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda har bir yosh bilan individual ishlashni kuchaytirish zarurligi belgilab olindi.
Asosiy maqsad — ishsiz yoshlarni shunchaki ro‘yxatga olish emas, balki ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq choralarni amalga oshirish va natijadorlikni kuzatib borish.