Barcha yangiliklar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
29 Okt 2026
16:05

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mustafaqulova Sohiba Amirqulovna tomonidan Qutlug’obod mahalla fuqarolar yig’inida aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida mahalla aholisining ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari,huquqiy asoslari atroflicha muhokama qilindi.
Deputat tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik, ochiqlik,shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, fuqarolarning qonuniy huquq, manfaatlarini ta’minlash hamda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish zarurligi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaati — xalq va davlat o‘rtasidagi muhim muloqot vositasi.