Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 278531
Gallery image 278532
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
28 Okt 2026
00:00

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, isitish tizimlarining holati, ularning mavsumga tayyorligi hamda mavjud issiqlik uskunalarining sozligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot obyektlarida isitish tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash, xonalarni bir maromda isitish, bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.