Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI UCHRASHUVI
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
29 Okt 2026
15:58

DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI UCHRASHUVI

DEPUTAT VA MAHALLA FAOLLARI UCHRASHUVI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Baratova tomonidan Davlat mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari va oqsoqollar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari va oqsoqollarning fikr-mulohazalari, takliflari hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Mahalladagi mavjud muammolarni birgalikda muhokama qilish, ularning yechimini topish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlik qilish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga amaliy yondashishda muhim ahamiyat kasb etadi.