




KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
O‘rganish davomida 1- va 2-sonli texnikumlar, o‘quvchilar turar joyida kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, isitish tizimlarining holati, ularning mavsumga tayyorligi hamda mavjud issiqlik uskunalarining sozligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari obyektlarida isitish tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash, xonalarni bir maromda isitish, o‘quvchilar, talabalar, uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud isitish tizimlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi