



24 ta muhim vazifalar ijrosi: Aholini band qilish borasidagi ishlar oʻrganildi
24 ta muhim vazifalar ijrosi: Aholini band qilish borasidagi ishlar oʻrganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tuman hokimligi vakillari bilan hamkorlikda hududda aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni koʻrib chiqdi. Mazkur tadbirlar belgilangan 24 ta muhim vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv va oʻrganishlar davomida ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish oʻrinlariga joylashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tuman hokimligi bilan birgalikda bu boradagi mavjud imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi ustuvor choralar belgilab olindi.
Belgilangan vazifalar ijrosi hudud iqtisodiy barqarorligini va aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.