Barcha yangiliklar
AHOLINI KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
29 Okt 2026
15:51

AHOLINI KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

AHOLINI KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Mutafaqulova tomonidan Qutlig‘obod mahalla fuqarolar yig‘inida 24 talik tavsiyalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish,ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek,xonadonma-xonadon o‘rganishlar tashkil etilib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganildi.Fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi- 24 talik tavsiyalar ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish,ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashishdan iborat.