Barcha yangiliklar
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI
Gallery image 278512
Gallery image 278513
Gallery image 278514
Gallery image 278515
Gallery image 278516
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Okt 2026
15:50

YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI

Oltinsoy tumanidagi 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida krossfit va vorkaut sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada o‘quvchilar katta qiziqish, yuqori faollik va ko‘tarinki kayfiyat bilan ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, kuchi va chidamliligini namoyon etdilar.

Mazkur sport tadbirini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Ayniqsa, krossfit va vorkaut yo‘nalishlari o‘quvchilar uchun yangi sport turlaridan bo‘lishiga qaramay, ularning musobaqaga katta qiziqish va ishtiyoq bilan yondashgani e’tiborga molik bo‘ldi.

Bunday tashabbuslar yoshlarning jismoniy va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz