






#Hokim_va_Deputat #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Biriktirilgan_tashkilot #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan tumandagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi nuqtayi nazaridan quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Isitish tizimi va mavsumga tayyorgarlik: Bog‘cha binosining isitish qozonxonasi (isitish pechlari), yoqilg‘i xavfsizligi va issiqlik tizimining sozligi ko‘zdan kechirildi.
Oziq-ovqat zaxirasi va oshxona sharoitlari: Tarbiyalanuvchilar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborxonalari, meva-chevani saqlash hamda sovutgich va muzlatgichlarning sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi.
Guruh xonalari va hudud obodonchiligi: Muassasa binosi va hovlisidagi umumiy tartib hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘chada bolajonlar uchun xavfsiz, issiq va qulay muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatma va topsiriqlar berildi.
Asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishdir.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz