Barcha yangiliklar
#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi 19¹-modda
Gallery image 278490
Gallery image 278491
Gallery image 278492
Gallery image 278493
Gallery image 278494
Gallery image 278495
Gallery image 278496
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
29 Okt 2026
15:43

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi 19¹-modda

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama qilish maqsadida tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A. Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M. Xujanov, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari, shuningdek, Kengash Kotibiyatining bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqov ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, ularni atroflicha ko‘rib chiqish hamda tegishli takliflarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yig‘ilish sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, ularning mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilish va deputatlar tomonidan asosli qarorlar qabul qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz