Barcha yangiliklar





NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
28 Okt 2026
00:00
ISHSIZ FUQAROLARGA ISHGA JOYLASHISH BO‘YICHA HUQUQIY TUSHUNTIRISHLAR BERILDI.
Muloqot davomida fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartibi, bandlik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda kasb-hunarga o‘qitish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni egallash masalalari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilish huquqini ro‘yobga chiqarish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Asosiy maqsad — fuqarolar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda munosib mehnat faoliyatini boshlashlari uchun zarur yo‘nalishlarni ko‘rsatishdan iborat.