Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 278484
Gallery image 278485
Gallery image 278486
Gallery image 278487
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:41

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
🏛 SHEROBODDA ANORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA EKSPORT MASALALARI YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI


🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi doirasida Surxondaryo viloyati Anorchilik uyushmasi rahbari Sh.Bo‘riyev bilan anorchilik sohasining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🌿 Ayni kunlarda Sherobod tumanidagi anor bog‘larida hosil pishib yetilgan bo‘lib, yig‘im-terim ishlari olib borilmoqda. Yetishtirilgan sara anorlar ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni viloyatlar va qo‘shni davlatlar bozorlariga ham eksport qilinmoqda.

Sherobodning qulay tabiiy-iqlim sharoiti va dehqonlarning ko‘p yillik tajribasi anorchilikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olish, sifatini saqlash, mahsulotlarni bozorga yetkazib berish va eksport geografiyasini kengaytirish masalalari sohaning dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

📈 Fikr almashish davomida anorchilik salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Sherobod anorining bozorlardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

 Sherobod anori — dehqonlar mehnati, yurtimiz tuprog‘i va mo‘l hosil ramzi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube