Barcha yangiliklar
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, ULARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI O‘RGANDI.
Gallery image 278479
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
28 Okt 2026
00:00

OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, ULARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI O‘RGANDI.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputatlari G‘.Saitboev va B.Suyunovlar ham ishtirok etdilar.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi. Saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularning talab va ehtiyojlarini o‘rganish hamda ko‘tarilgan masalalar yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda hududdagi dolzarb masalalar yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.