
DEPUTAT VA IIB XODIMLARI HAMKORLIGI — JAMOAT XAVFSIZLIGI YO‘LIDA
DEPUTAT VA IIB XODIMLARI HAMKORLIGI — JAMOAT XAVFSIZLIGI YO‘LIDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati doirasida deputat N. Dusmurodov o‘ziga biriktirilgan ichki ishlar organlari xodimlari bilan doimiy hamkorlikni olib bormoqda.
🙏 Hamkorlik jarayonida hududdagi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash hamda aholini tashvishga solayotgan masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratilmoqda.
🔎 Shuningdek, doimiy komissiya va IIB xodimlari o‘rtasidagi hamkorlik orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli choralar ko‘rilishini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
📍 Deputatlik nazorati va mas’ul tashkilotlar bilan uzviy hamkorlik hududda qonun ustuvorligi hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.