Barcha yangiliklar













NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
28 Okt 2026
00:00
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Tashrif davomida deputat Otayurt mahallasida joylashgan “Momoqaymoq” maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bog‘chaning faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda yosh bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda kamol topishi, sifatli maktabgacha ta’lim-tarbiya olishi hamda muassasaning mavjud imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrifda Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputatlari B.Suyunov va G‘.Saitboyevlar ham ishtirok etdilar.
Tashrifning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rganish, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish hamda maktabgacha ta’lim sifati va tarbiyalanuvchilar uchun mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilashga qaratilgan masalalarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.