Barcha yangiliklar
“FUQAROLAR TASHABBUSI” JAMG‘ARMASIGA MABLAG‘ YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
15:34

“FUQAROLAR TASHABBUSI” JAMG‘ARMASIGA MABLAG‘ YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

“FUQAROLAR TASHABBUSI” JAMG‘ARMASIGA MABLAG‘ YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 27-oktabrdagi yig‘ilishida 2026-yil III chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

📊 Yig‘ilishda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti hamda masalani o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh ma’lumotnomasi ko‘rib chiqildi. Mahalliy budjetning qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlardagi dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.

💸 Muhokamalar yakunida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga mablag‘ yo‘naltirish maqsadga muvofiq deb topildi. Masala yuzasidan qaror loyihasi ma’qullanib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.

🗳 Doimiy komissiya qarori 6 nafar a’zoning yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilindi. Qarshi va betaraf ovozlar bo‘lmadi.