

Işsizlik_va_kamba ğallikni_qisqartiriş
Işsizlik_va_kamba ğallikni_qisqartiriş
📚 IQTISODIY ISLOHOTLAR VA IJTIMOIY HIMOYA — HUDUDLAR TARAQQIYOTINING ASOSIY OMILI
📍 Xalq deputatlari Qöşköpir tuman Kengeşi deputati Z. Rahimova Boğzor mahallasida bölib, mahalla ijtimoiy xodimi I. Xolmuratova bilan birgalikda Otayev Elmurodning oilasiga borib, kambağallik reyestri böyiça tuşuntirişlar berdi. Şuningdek, oilaning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganilib, kömir bilan işlaydigan qozon holati közdan keçirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan adolatli ijtimoiy siyosatning tub mohiyati har bir fuqaroning taqdiriga e’tibor qaratiş, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan oilalarni qöllab-quvvatlaş hamda kambağallikni qisqartirişdek ezgu maqsadlarga qaratilgan. Şuning uçun ham joylarda mahalla instituti va deputatlik korpusining hamkorligi aholi muammolarini bevosita örganiş va ularga manzilli yeçim topişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida deputat Z. Rahimova va mas’ullar oilaning turmuş tarzi, ijtimoiy şaroitlari bilan yaqindan tanışib, kambağallik reyestriga kiritilgan fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, bandlikni ta’minlaş hamda tadbirkorlikka jalb etiş mexanizmlari yuzasidan batafsil huquqiy va ijtimoiy tuşuntirişlar berdilar. Şuningdek, qiş mavsumining sovuq kunlariga tayyorgarlik köriş, xonadonni issiqlik bilan ta’minlaş, xususan, kömir bilan işlaydigan isitiş qozonlari va öçoqlarning xavfsizlik hamda sozlik holati qat’iy nazoratga olindi.