



Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar va mas’ullar hamrohligida Maroqanda mahallasida tumandagi barcha "mahalla yettiliklari" bilan zoom platformasi orqali onlayn muhokama o‘tkazmoqda.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J.Pardayev tegishli o‘rinbosarlar va mas’ullar hamrohligida Maroqanda mahallasida tumandagi barcha "mahalla yettiliklari" bilan zoom platformasi orqali onlayn muhokama o‘tkazmoqda.
🔎Bunda, bir qator dolzarb masalalar bo'yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama markazida bo'lib turibdi.
✅Xususan, ijtimoiy muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijalari va amaliy samarasi tahlil qilinib, kam ta'minlangan, ko‘makka muhtoj fuqarolarning muammolarini manzilli hal etish, ularga imkoniyat hamda qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yordam ko'rsatib, bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yilyapti.
✅Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.
✅Shu qatorda, hududlarda kichik biznes subyektlarini ro‘yxatga olish ishlarining amaldagi holatiga alohida e'tibor qaratilib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi subyektlarni tashkil etishda sun’iy g‘ovlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga biznesini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanyapti.
✅Bundan tashqari, hududlarda aholining yer va mol-mulk soliqlaridan mavjud qarzdorligini so‘ndirish masalasi atroflicha tahlil qilinib, soliq intizomini mustahkamlash, aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini yuksaltirish hamda tushumlarni o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash hamda kiberjinoyatlarning oldini olish, bu borada aholi o'rtasida targ'ibotni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilmoqda.🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️