Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 278461
Gallery image 278462
Gallery image 278463
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
29 Okt 2026
15:25

Kotib

#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

418-sonli DMTTga tashrif

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov okrugdagi 418-sonli DMTTda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud infratuzilma obyektlarining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy soha obyektining isitish tizimlari, elektr energiyasi va kommunal xizmatlarning holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsum davomida xizmatlar barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi nazorat qilinib, aholining murojaatlari va takliflari ham inobatga olinmoqda.