Barcha yangiliklar
TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN QAROR LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
15:23

TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN QAROR LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI

TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN QAROR LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy masalalar, yoshlar siyosati, madaniyat va sport bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi 542-sonli «Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan komissiya qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qaror loyihasida davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sohadagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tegishli tashkilotlar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflar nazarda tutildi.