

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov o‘ziga biriktirilgan tashkilot faoliyati bilan tanishish maqsadida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati doirasida biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.