Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI VA MUAMMOLAR YECHIMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 278456
Gallery image 278457
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:21

YOSHLAR BANDLIGI VA MUAMMOLAR YECHIMI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tuman hokimi o‘rinbosari A. Nishonov bilan birgalikda Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Yangiobod tuman shtabi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida yoshlar muammolarini aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.

Deputatlik nazorati doirasida yoshlar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.