


SЕSSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
SЕSSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdimuratov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan ichki ishlar organlarining hisoboti yuzasidan hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida deputat hududdagi profilaktika inspektorining faoliyati, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishlar ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni shakllantirishga qaratilgan.