Barcha yangiliklar
SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Okt 2026
15:21

SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

SPORT KLUBLARI FAOLIYATI YUZASIDAN RASMIY SO‘ROV YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi 542-sonli "Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini o‘rganish yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rasmiy xat yuborildi.

Mazkur xat orqali tumandagi davlat ta’lim muassasalarida sport klublarini tashkil etish holati, ularning faoliyati, o‘quvchi-yoshlarni sport to‘garaklariga jalb qilish ko‘lami, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Shuningdek, qaror ijrosini ta’minlash jarayonida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash va ta’lim muassasalarida sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.