Barcha yangiliklar
NAMINGON QISHLOG‘IDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 278448
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
29 Okt 2026
15:16

NAMINGON QISHLOG‘IDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Do‘stlik MFYning Namingon qishlog‘idagi mahalla tibbiyot punkti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiyot punktining faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi murojaatlariga e’tiborli bo‘lish va profilaktik tadbirlarni izchil olib borish muhimligini ta’kidladi.

Maqsad — mahallada birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholining salomatligini muhofaza qilishga ko‘maklashish.